Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ana xolos! Koronavirusni davolashda tuzalgan bemorlarning qonidan foydalanish avvalgidek samarali emas

Ana xolos! Koronavirusni davolashda tuzalgan bemorlarning qonidan foydalanish avvalgidek samarali emas

Hindistonda olib borilgan klinik sinovlarning natijasiga ko‘ra, koronavirusni davolashda undan tuzalib chiqqan odamlarning qonini boshqa bemorlarga quyish avval o‘ylanganidek samarali emas. Tuzalgan bemor qonida COVID-19 ga qarshi antitanalar mavjud bo‘ladi.

Britaniyanig BMJ nomli tibbiy jurnalida juma kuni chop etilgan tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, koronavirusdan tuzalgan bemor qoni kasallikdan hali sog‘aymagan odamlarga quyilganda u o‘lim darajasi va koronavirusning og‘ir formasini kamaytira olmagan. Ushbu tadqiqotda kasalxonadagi 400 dan ortiq bemor qatnashgan.

“Ushbu tadqiqotda qon plazmasining bemorlarda kichik samara bergani aniqlandi. Lekin, ular kasallikdan batamom halos bo‘lishmadi. Oddiyroq qilib aytadigan bo‘lsak, qon plazmasi bemorlarga klinik foyda bermadi” deydi Riding universitetining molekulyar mikrobiologiya bo‘yicha eksperti Saymon Klark.

AQSh prezidenti shu yilning avgust oyida koronavirusdan tuzalgan bemorlar qoni orqali boshqa kasallarni davolashni “tarixiy hodisa” deb atagandi. AQSh va Hindiston hukumatlari o‘z hududlarida bu yo‘l orqali koronavirus bemorlarini davolashga ruxsat berishgandi. Boshqa mamlakatlar, masalan, Britaniya agar qon orqali COVID-19 davolash yaxshi foyda bersa, undan foydalanish uchun donarlardan qon yig‘yapti. Hindistonda olib borilgan yangi tadqiqot esa ushbu qarorlar samarasiz ekanini ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 07:40 29.10.2020. O'qildi: 1356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!