Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ana xolos! Endi bitta oilaga faqat bitta non sotiladi

Ana xolos! Endi bitta oilaga faqat bitta non sotiladi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida oxirgi haftada davlat do‘konlarida non yetishmovchiligi, xususiy savdo shoxobchalarida ushbu mahsulot narxining qimmatlashuvi kuzatilyapti. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” nashri xabar berdi.

“So‘nggi kunlarda nonni jadval bo‘yicha olib kelishmayapti. Shuning uchun, odamlar uzoq vaqt va ko‘p hollarda yomg‘irda non tashuvchi mashina kelishini kutishiga to‘g‘ri kelyapti. Odamlar yomg‘irdan qochib, shiypon ostiga yoki ko‘p qavatli uylar pod’ezdiga kirib olyapti. Non tashuvchini ko‘rgach, odamlar uning oldiga yugurib borib, uni tushirib ulgurmasdan mashinaning o‘zidan sotib olyapti”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sotuvchilar bir odamga faqatgina bitta non sotyapti. Shu sababdan, katta oilalar guruhlashib kelib, bir necha marta navbatga turib non sotib olishiga to‘g‘ri kelyapti. Ba’zi non do‘konlari bir necha kun ishlamay qolish hollari kuzatilyapti.

Holatni o‘nglashda xususiy non do‘konlari yordam beryapti. Biroq undagi narxlar davlat do‘konlariga qaraganda 2-6 baravar qimmat.

Turkmanistonda mahsulot yetkazib berishdagi muammolar oktyabr oyidan kuzatila boshlagan. O‘shanda un va non sotib olishdagi muammolar Marv viloyatida, shuningdek, Bayramali, Yoleten, Turkmangala va Murg‘ob shaharlarida kuzatilgan. Mahsulot yetkazib berishdagi uzilishlar odamlarning bu yerlardan ketishiga sabab bo‘lgan.

 

Kiritildi: 17:23 10.11.2018. O'qildi: 3218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!