Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Chilonzorda «Lasetti» haydovchisi inspektorni atayin urib ketdi

Ana xolos! Chilonzorda «Lasetti» haydovchisi inspektorni atayin urib ketdi

Toshkent shahri, Chilonzor tumani profilaktika inspektori 13 iyunga o‘tar kechasi o‘z hududini tekshirib yurgan vaqtda, tahminan tungi soat 01.30da yo‘l chetida turgan «Lasetti» avtomobilini ko‘radi. Uning ichida notanish ikki shaxs o‘tirgan bo‘lgan.

Inspektor ularning shaxsini aniqlash maqsadida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishni so‘raydi. Ammo haydovchi huquq-tartibot xodimining talabiga bo‘ysunmasdan, mashinani harakatga keltiradi. Inspektor tekshirishdan bo‘yin tovlashni to‘xtatish maqsadida avtomobil oldiga turib olgan. Ammo haydovchi harakatni davom ettirgach, o‘zini saqlash maqsadida kapot ustiga chiqib olishga majbur bo‘ladi.

Avtomobil shu holatda biroz yo‘l yurgandan so‘ng inspektor sakrab tushib qolishga muvaffaq bo‘ladi, «Lasetti» avtomobili esa tezlikda ko‘zdan yo‘qoladi. Ammo qisqa vaqt davomida qidiruv samarali amalga oshirildi va haydovchi hamda yo‘lovchi qo‘lga olindi. 

Tekshirish asnosida haydovchi 37 yoshli Sohib. X ekani, yo‘lovchi esa 18 yoshli Alena K. ekani aniqlangan. Ularning har ikkisi ham psixotropik dori vositalari ta’sirida bo‘lgani sud-medisina ekspertizasi tomonidan ma’lum qilindi.
Ayni vaqtda ushbu holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:13 14.06.2019. O'qildi: 2764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!