Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ana xolos! Britaniyada jodugarlar qamoqxonasi sotuvga qo‘yildi

Ana xolos! Britaniyada jodugarlar qamoqxonasi sotuvga qo‘yildi

Buyuk Britaniyada o‘rta asrlarda jodugar ayollar uchun qamoqxona vazifasini o‘tagan bino sotuvga qo‘yildi.

Ilgari bu bino boshqa nom bilan atalib kelingan ekan. Xalq orasida “Qafas”, deya nomlangan bino odatiy va qulay uyga o‘xshaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, bino uchinchi marta sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, uy egasi Vanessa Mitchell uyning endilikda sotilishi mumkinligiga shubha bilan qaramoqda.

Vanessaning o‘zi bu uyda yashamaydi. Ta’kidlashicha, u bu uyni 2004 yilda, "sirli qonli dog‘lar" va yovuz ruhlarning "hujumiga" duch kelganidan so‘ng tark etgan.

Riyeltorlar xaridorlarga bu uyni eski qamoqxona hamda Angliyada eng mashhur va ko‘plab mehmonlarga mezbon bo‘layotgan maskan deya ta’riflashmoqda.

“Live Science” portalida xabar berilishicha, 1921 yilda bu uyning bog‘idan tanasiga turli temirlar sanchilgan ikki ayolning skeleti topilgan ekan.

Kiritildi: 06:00 15.06.2019. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!