Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ana xalos! O‘g‘rini qaroqchi urdi

A A A
Ana xalos! O‘g‘rini qaroqchi urdi
“Inter” klubi hujumchisi Mauro Ikardining rafiqasi model Vanda Naraning muhabbati yana alanga oldi. U futbol afsonasi Diyego Maradona bilan bundan 12 yil oldingi ishqiy munosabatlarini qayta o‘rnatmoqda.  Bu haqda argentinalik teleboshlovchi Mirta Legrand xabar bermoqda.
 
Agar u mehmonxonaga bormaganida, bu sir ochilmay qolishi ham mumkin edi.
 
“O‘sha kuni Mar del Plata shahridagi mehmonxonalarning birida tushlik qilayotgan edim. Yonimga Vanda Nara kelib, “Nima uchun meni ko‘rsatuvingga chaqirmayapsan?”, deb so‘radi. Men esa “Kecha yonimdagi xonaga Maradona bilan kirib ketgan siz ekansizda. Kechasi  menga uyqu bermadingizlar”, dedim. U bir jilmayib, mendan uzoqlashdi”, deb aytgan o‘zining ko‘rsatuvida.
 
Aslida argentinalik model boshqa bir futbol yulduzi Maksi Lopes bilan turmush qurgandi. Keyinchalik uning ishqi erining do‘sti Mauro Ikardiga tushib, Lopes bilan orani ochiq qildi. Bu esa Argentina futbolida katta mojarolarga sabab bo‘lgandi.
 
Jumladan, Lionel Messi terma jamoaga Ikardining chaqirilishiga  qattiq qarshilik qildi. Chunki Maksi Lopes Messining eng yaqin do‘stlaridan biri hisoblanar edi.
 
Mashhur model endi futbol afsonasi Diyego Maradona bilan bundan 12 yil oldingi ishqiy munosabatlarni yana o‘rnatgan ko‘rinadi. Vanda Nara o‘sha paytlarida Maradonaning kiyimlarini kiyib, suratga tushgani jahon matbuotida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.
 
Manba: qalampir.com
Kiritildi: 05:01 27.07.2018. O'qildi: 1721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik