Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Amudaryodagi Xalq qabulxonasiga 2018 yilning 11 oyi davomida aholidan jami 393 ta murojaatlar kelib tushgan

Amudaryodagi Xalq qabulxonasiga 2018 yilning 11 oyi davomida aholidan jami 393 ta murojaatlar kelib tushgan

O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2018 yilning 11 oyi davomida aholidan jami 393 ta murojaatlar kelib tushgan. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qilmoqda.

Bu murojaatlarning 205 tasi tuman hududidagi tashkilotlarga, 21 tasi esa yuqori tashkilotlarga ko‘rib chiqish va hal qilish uchun yuborilgan, 167 ta murojaat bo‘yicha Xalq qabulxonasining o‘zida tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mutaxassislari ishtirokida tushuntirishlar berilib, qonuniy yechim qabul qilindi.

Murojaatlar mazmunan 287 tasi ariza, 106 tasi esa shikoyatdir.

Kelib tushgan murojaatlarning 311 tasi qanoatlantirildi (shu jumladan, 184 tasi ijobiy hal qilindi. 112 tasi huquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali qanoatlantirildi, 15 tasi asosli deb topilib, hal etilishi qo‘shimcha hujjat, muddat va o‘rganish talab qilingani uchun yaqin kunlar ichida o‘z yechimini topishi uchun harakat qilinayapti). 72 tasiga tushuntirishlar berildi. 10 ta murojaat bo‘yicha esa hali o‘rganishlar davom ettirilayapti.

Manba: kruz.uz

Kiritildi: 21:54 16.12.2018. O'qildi: 1505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!