Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Amudaryoda tadbirkorning buzilgan huquqi tiklandi

Amudaryoda tadbirkorning buzilgan huquqi tiklandi
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining 2025-yil 25-dekabr kungi ijro xujjatiga asosan, karzdor Amudaryo tuman xokimligidan undiruvchi “JKB ENERGY NUKUS GROUP” MCHJ foydasiga 734 mln. so‘m undirish belgilangan. Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan. Xususan, qarzdor Amudaryo tuman xokimligining bank hisob raqamlari xatlovga olinib, unga elektron inkasso qo‘yilgan, shuningdek qarzdorga tegishli jami 9 ta avtotransport vositalariga taqiq o‘rnatilgan. Shuning natijasida, 734 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari joriy yilning 27-avgust kuni to‘lig‘i bilan undirilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlangan.
Kiritildi: 16:00 07.09.2026. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!