Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Amir Temurning tanqidlarga sabab bo‘lgan haykali qayta ta’mirlanadi

Amir Temurning tanqidlarga sabab bo‘lgan haykali qayta ta’mirlanadi

Denov tumani hokimligi tuman markazidagi xiyobonda o‘rnatilgan Amir Temur haykali xususida 2020 yilning 27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan materiallarni batafsil o‘rganib quyidagilarni ma’lum qildi:

Haykal Denov shahar hokimligining 1996 yil 25 apreldagi farmoyishiga asosan bunyod etilgan. Haykalda ulug‘ sarkardaning uch halqadan iborat belgi biriktirilgan hassani qo‘lida tutgan siymosi aks etgan.

Uch halqa Temur va Temuriylar saltanati bayrog‘i, tamg‘asi va tangalarida tasvirlanganligi tarixiy manbaalarda keltirib o‘tilgan.

Qo‘lida uch halqadan iborat belgi biriktirilgan hassa tutgan Amir Temur haykali bobokalonimizning shon-shuhrati, uch iqlimni birlashtirgan yengilmas mashhuri zamon bo‘lganligi ramzidir.

Prezident qaroriga muvofiq Denov tumani yangi, zamonaviy qiyofaga kiradi. Dastur asosida tuman markazidagi xiyobonda o‘rnatilgan Amir Temur haykali qayta rekonstruksiya qilinadi.

Kiritildi: 17:39 28.05.2020. O'qildi: 4114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!