Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Amerikaning maxfiy sun’iy yo‘ldoshi orbitaga noma’lum ob’ektlarning yangi partiyasini chiqardi

Amerikaning maxfiy sun’iy yo‘ldoshi orbitaga noma’lum ob’ektlarning yangi partiyasini chiqardi

Amerikalik astronom Jonatan Makdauyell geostasionar orbitada joylashgan LDPE-2 eksperimental sun’iy yo‘ldoshidan ajratilgan uchta kichik kosmik kemasi USA-551, USA-552 va USA-553 ekanligini ma’lum qildi.

Yangi sun’iy yo‘ldoshlarning maqsadi noma’lumligicha qolmoqda. Ehtimol, ular boshqa kosmik kemalarni tekshirish uchun mo‘ljallangandir. Shuningdek, guruhli parvoz texnologiyalarini sinab ko‘rish, razvedka qilish yoki sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarni sinovdan o‘tkazish uchun tajribalar o‘tkazish uchun ishlatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Harbiy-havo kuchlari kosmik va raketa markazi uchun yaratilgan LDPE-2 platformasi 2022 yil 1 noyabrda orbitaga chiqarilgan. 2023-2025-yillar oralig‘ida LDPE-2 dan maqsadi noma’lum bo‘lgan kamida yettita sun’iy yo‘ldosh ajratilgan.

Kiritildi: 06:20 18.08.2025. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!