Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Amerikaliklar 2019 yilning eng yaxshi filmini aniqlashdi

Amerikaliklar 2019 yilning eng yaxshi filmini aniqlashdi

Amerika kinotanqidchilar milliy kengashi (NBR) rejissyor Martina Skorsezening uch soatlik dramasi — «Irlandiyalik»ni 2019 yilning eng yaxshi filmi deya e’tirof etishdi.

«NBR Icon Awards» mukofotlarini Skorseze bilan birga, filmda bosh rollarni o‘ynagan Al Pachino va Robert de Niro qabul qilib olishdi. Ilgari «Shindlerning ro‘yxati», «Gannibal» filmlari bilan nom qozongan Stiven Zaillyan ham ushbu kinoasar uchun eng yaxshi ssenariynavis sifatida taqdirlandi.

Yilning eng yaxshi rejissyori — Kventin Tarantino («Bir kuni Gollivudda» filmi uchun), shu filmda suratga tushgan Bred Pitt eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor bo‘ldi.

2019 yilning eng yaxshi aktyori — Adam Sendler («Ishlanmagan qimmatbaho toshlar» filmi), eng yaxshi aktrisa — Rene Zellveger (eski Gollivud yulduzi haqidagi «Judi» biografik dramasi).

 

Kiritildi: 18:43 08.12.2019. O'qildi: 2343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!