Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Amerikalik senator Lindsi Grem vafot etdi

Amerikalik senator Lindsi Grem vafot etdi


Xabarlarga ko‘ra, respublikachi senator Lindsi Grem "qisqa va kutilmagan kasallik"dan so‘ng 71 yoshida vafot etdi.

Bu haqda The Washington Post senator ofisiga tayanib xabar bermoqda, hozircha hech qanday tafsilotlar ma’lum emas.

Grem Rossiya rasmiylarining eng ashaddiy tanqidchilaridan biri edi va bir necha bor Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihalarini kiritgan.

U, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning qat’iy tashqi siyosati va AQSh qurolli kuchlarini kuchaytirish tarafdori bo‘lgan. Grem Donald Trampning Eronga qarshi urush boshlash qarorida katta rol o‘ynagan deb hisoblanadi.

Ukraina ommaviy axborot vositalarining qayd etishicha, 10 iyul kuni Lindsi Grem Kiyevga tashrif buyurib, u yerda Volodimir Zelenskiy bilan uchrashgan edi.

Kiritildi: 20:21 12.07.2026. O'qildi: 1101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!