Amerikalik yahudiy milliarder Larri Ellison o‘z yaxtasining «teskari nomi» ham borligini bilgach, uni darhol o‘zgartirdi.
Yaxtaga yapon mifologiyasidagi ma’buda sharafiga Izanami nomi qo‘yilgan edi, ammo teskarisiga o‘qilsa — I’m a Nazi («Men nasistman») degan ma’no chiqadi.
Milliarder yaxtani Ronin deb qayta nomlagan. «Ronin» — o‘z xo‘jayinidan ayrilgan darbadar samuray.
Aytishlaricha, Ellison bosh vazir Benyamin Netanyahu bilan juda qalin, Isroil armiyasini tinmay moliyalashtirib keladi.