Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Amerikalik harbiylar: “Harbiy xizmat borimizdan ayirdi, davlat esa jim”

Amerikalik harbiylar: “Harbiy xizmat borimizdan ayirdi, davlat esa jim”

Amerika armiyasining Tvitterdagi rasmiy sahifasida xizmatning harbiylarning hayotiga qanday ta’sir qilishini aniqlash uchun so‘rov o‘tkazildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Ayni paytda qariyb sakkiz ming kishi o‘z fikrlarini bildirdi. Armiya odamlarni jismonan va hissiy jihatdan kuchli qiladi deb hisoblanadigan fikrlardan tashqari, hayotni mazmunli qilib to‘ldiradi va mansab pog‘onalarini ochadi deb ham ta’kidlangan. Ammo sharhlar orasida qurolli kuchlarning dunyo, mamlakat va shaxsiy hayotga salbiy ta’siri haqida ham tanqidiy bayonotlar qoldirdirilgan.

Xususan, ko‘pchilik harbiy xizmat ularning hayotini buzganligini, davlat esa ularga hamon yordam bermayotganini aytishdi.

Sharhlar orasida afsuslanarli, dahshatli va qo‘rqinchli hodisalar ham bor.

Kiritildi: 21:50 26.05.2019. O'qildi: 2700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!