Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Amerikalik fuqaro uyini yo‘qotib qo‘ydi

A A A
Amerikalik fuqaro uyini yo‘qotib qo‘ydi

Pensilvaniya shtatining Batler tumanida yashovchi Rojer Pennington uyi yo‘qolib qolgani haqida arz qildi. 
 
19 may kuni Rojer uyi g‘oyib bo‘lgani va ko‘rganlar bo‘lsa u bilan bog‘lanishini so‘rab Facebook'dagi sahifasida e’lon berdi.  
 
Rojer 2 may kuni Batlerdan ketgan.  8 kundan so‘ng qaytib kelganida uyi o‘z joyida yo‘q, faqatgina ba’zi narsalar qoldirilgan edi. Yo‘qolgan buyumlar 1500 AQSh dollariga baholandi. Uning aytishicha uydan ko‘ra ichidagi jihozlar u uchun qadrliroq bo‘lgan. 
 
Uning uy yo‘qolganidan keyin nega 9 kungacha polisiyaga xabar qilmagani nomalum. Hozirda Batler polisiyasi tomonidan tergov, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 01:57 27.05.2018. O'qildi: 1278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik