Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Amerikalik erkak semizlikdan vafot etdi

A A A
Amerikalik erkak semizlikdan vafot etdi

Amerikadagi "Mening 600 funtlik hayotim" shou ishtirokchisi Jeyms King 49 yoshida sog‘lig‘i tufayli vafot etdi. Bu haqda uning oilasi xabariga tayanib, TMZ yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, King Tennessi shtatining Nashvill shahridagi shifoxonada vafot etgan. Shifokorlar unga qon zaharlanishi va sirroz tashxisini qo‘yishdi. King ortiqcha vaznga qarshi dasturning beshinchi mavsumida o‘ynadi. Uning ishtirokidagi so‘nggi qism 2018 yil yozida namoyish etildi.

Dastur mualliflari erkakka semirishni yengishga yordam berishga harakat qilishdi, lekin filmni suratga olish jarayonida u vazn yo‘qotmadi, aksariyat dastur ishtirokchilarida bo‘lgani kabi, aksincha, semirdi: 358 kilogrammdan 381 kilogrammgacha. King Kentukki shtatining Padaka shahrida istiqomat qilardi.

 

Kiritildi: 15:27 07.04.2020. O'qildi: 2849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik