Amerika Qo‘shma Shtatlarining ma’muriyati dekabr oyi boshida Xitoydan keladigan tovarlar bo‘yicha yangi majburiyatlarni e’lon qilishi mumkin. Bu yangi yil “sovg‘a”si “G20”ning Buenos-Ayresdagi sammitida Oq Uy boshlig‘i Donald Tramp va Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin o‘rtasidagi uchrashuv natija bermasagina amalga oshiriladi.
Bu haqda “Bloomberg” axborot agentligi xabar bergan. Ta’kidlanishicha, xitoy mollari uchun qariyb 257 milliard dollar miqdorida soliq solinishi mumkin. Agar bunday chora noyabrda e’lon qilinadigan bo‘lsa, fevral oyidan boshlab qonuniy kuchga kirishi mumkin deyiladi xabarda.