Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Amerika sudlarida nega suratga olish o‘rniga rasm chizishadi?

Amerika sudlarida nega suratga olish o‘rniga rasm chizishadi?

Xorijning detektiv ko‘rsatuvlariga qiziqadigan yoki Amerika filmlarini ko‘p ko‘rganlar e’tibor bergan bo‘lsa kerak: AQShda sudlarda rassomlar jarayonni chizib o‘tiradi va bu sizni ajablantirgani tabiiy. Axir fotografiya murakkab yoki imkoni qiyinroq narsa bo‘lgan zamonlarda yashamayotgan bo‘lsak?!

Eng qizig‘i, bunday tadbirlarning fotografiyasini ko‘rish amri mahol. Avvalgi zamonning vaziyatini tushunsa bo‘ladi. Ammo nega zamonaviy sudlarda haliyam surat chizishadi?

Biroq hech narsa bekorga bo‘lmasligi aniq. Agar sud jarayoni suratga olinmasa, demak, buning qandaydir sababi bor.

Ha, AQShda, rostdan ham, sud yig‘inlarini foto va video tasvirga olib bo‘lmaydi. Garchi taqiqning sabablari o‘tmish sarqitlariga borib taqalsa-da, undan to‘lig‘icha xalos bo‘lishga shoshilishmayapti. Nega deysizmi? Chunki fotosuratga olish sud jarayoni ishtirokchilarini chalg‘itadi, deb hisoblanadi. Albatta, avvallari buning uchun qo‘llanilgan qurilmalar ancha yirik va shovqinli edi. Ammo bugun bu texnika ancha kichik va qulay bo‘ldi, lekin taqiq hech qayerga yo‘qolmadi.

To‘g‘ri, bugun ushbu taqiqning buzilish holatlari bo‘lib turadi. Ammo ko‘p hollarda, baribir, suratga olish mumkin emas.

Taqiq tarafdorlaring fikricha, sud jarayonini suratga muhrlashda sir saqlanishi lozim bo‘lgan axborotni tasodifan sud zalidan chiqarib yuborish mumkin.

Shu tariqa sud jarayonlarini yoritadigan jurnalistlarning rassomlar suratlariga tayanishdan boshqa iloji yo‘q. Rassomlar ham aynan jurnalistlar uchun chizishadi. Ammo ba’zi o‘ziga xos ishlarda rassomlarga ham chizish man etiladi. Keyin esa xotiraga tayanib, surat chizishdan boshqa iloji qolmaydi rassomlarning. 

 

Kiritildi: 14:15 03.11.2019. O'qildi: 4829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!