"83 yillik tarixga ega "Amerika Ovozi"ning sukut saqlashi meni chuqur qayg‘uga solmoqda. U butun dunyo bo‘ylab erkinlik va demokratiya uchun kurashda muhim rol o‘ynagan," deya yozdi kanal direktori Maykl Abramovits LinkedIn’da.
Uning ta’kidlashicha, 1300 nafar jurnalist, prodyuser va yordamchilaridan iborat deyarli barcha xodimlar jamoasi ma’muriy ta’tilga chiqarilgan.
AQSh Global Media Agentligiga ko‘ra, Sharqiy Yevropa, Rossiya va Ukrainada efir uzatiladigan Radio Free Europe/Radio Liberty va Xitoy va Shimoliy Koreyaga ixtisoslashgan Free Asia radio tarmoqlari uchun ham mablag‘ ajratish to‘xtatilgan.