Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Amerika Konstitusiyasining birinchi nusxasi auksionga qo‘yildi

Amerika Konstitusiyasining birinchi nusxasi auksionga qo‘yildi

13 ta Amerika shtatlari konfederasiyasi davridagi fransuz tilidagi Amerika konstitusiyasining birinchi nusxasi 27 aprel kuni Ruminiyaning Artmark kim oshdi savdosida sotuvga qo‘yiladi. Kim oshdi savdosida ushbu konstitusiyaning boshlang‘ich narxi kolleksionerlar va bibliofillar uchun 1,5 ming yevroni tashkil etishi aytildi.

AQSh Konstitusiyasi 1787 yil 17 sentyabrda Filadelfiyadagi Konstitusiyaviy konvensiyada qabul qilingan va keyinchalik Amerikaning o‘n uchta shtati tomonidan ratifikasiya qilingan. U yetti moddadan iborat bo‘lib, keyinchalik unga qo‘shimcha kiritilgan.

XVIII asrda Gersog Lui Aleksandr de La Rochefoucauld «Amerikaning o‘n uchta Qo‘shma Shtatlari Konstitusiyasini» Benjamin Franklin uchun fransuz tiliga tarjima qilgan. Konstitusiyaning fransuzcha shakli 1783 yilda 600 nusxada nashr etilgan.

Artmark auksion uyi 2008 yilda Ruminiyada ochilgan. U san’at asarlarini sotish va Ruminiya san’atini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. Auksion uyida yuzlab kim oshdi savdosi, shu jumladan xalqaro savdolar bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 09:00 21.04.2021. O'qildi: 1803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!