Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Amazon"ning 20 ming ishchisi koronavirus bilan kasallandi

A A A
"Amazon"ning 20 ming ishchisi koronavirus bilan kasallandi

Amazon kompaniyasi o‘zining AQShdagi 20 mingga yaqin xodimi koronavirus bilan kasallanganini tasdiqladi.

Kompaniya pandemiya paytida ishlashni davom ettirayotgani sababli, xodimlarining hayoti va sog‘ligini asossiz xavf ostiga qo‘ygani uchun tanqid qilinmoqda. Biroq, Amazon rahbarlari ko‘plab odamlar xaridlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri do‘konlarda amalga oshira olmayotgan bir sharoitda kompaniya yetkazib berish xizmati orqali muhim vazifani bajarayotganini ta’kidlamoqda. 

Bundan tashqari, Amazon'dagilarning aytishicha, bemorlar dunyo bo‘ylab faoliyat yurituvchi 1,37 million ishchi sonining atigi 1,44 foizini tashkil qiladi. 

Amazon ijtimoiy masofalanish, barcha ishchilar haroratini doimiy ravishda o‘lchab turish va har yarim soatda binolarni dezinfeksiyalash kabi keskin choralarni joriy qilgan. 

Kiritildi: 09:44 03.10.2020. O'qildi: 1798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik