Alyaskaning shimolida harakat vaqtida ulkan mobil burg‘ulash uskunasi quladi. Bu haqda Alaska's News Source nashri xabar berdi.
«Kichik yong‘in yuz berdi, ammo hozircha atrof-muhitga yetgan zarar minimal, neft infratuzilmasi va ob’ektlariga shikast yetmagan», — degan gubernator Mayk Danlivining so‘zlarini keltiradi nashr.
Uning aniqlashicha, voqea joyiga mutaxassislar guruhi yetib kelgan bo‘lib, burg‘ulash uskunasini evakuasiya qilish rejasi ishlab chiqilmoqda.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim jiddiy tan jarohati olmagan.