Alyaska shtatidagi (AQSh) harbiy bazada ikki nafar amerikalik harbiy xizmatchi qo‘ng‘ir ayiq bilan to‘qnashib ketishi natijasida jarohat oldi.
Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Hodisa Ankorij shahridagi Elmendorf — Richardson birlashgan bazasining mashg‘ulot maydoni hududida sodir bo‘lgan. Yirtqich bilan to‘qnash kelgan vaqtda harbiy xizmatchilar Arktik-Velli tumanida joyni mo‘ljalga olish (oriyentirlash) mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanayotgan bo‘lgan.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, jabrlanuvchilar yovvoyi hayvondan himoyalanish uchun ko‘zni yoshlantuvchi gazdan foydalanishgan.