Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Alyansning bunday rejalari yo‘q - Mircha Joana

Alyansning bunday rejalari yo‘q - Mircha Joana

NATO bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joana Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga qo‘shin yuborish haqidagi so‘nggi bayonotlariga izoh berib, alyansning bunday rejalari yo‘qligini aytdi.

"Fransiya prezidenti Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish zarurligi haqida gapirmoqda, lekin NATOda qarorlar konsensus asosida qabul qilinadi. Alyans harbiy kuchlarini Ukraina hududida joylashtirish bo‘yicha rejalarimiz yo‘q. Ukrainani qo‘limizdan kelganicha qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor bo‘lib qolamiz, lekin shu bilan birga biz bu urush NATO va Rossiya o‘rtasidagi bundan ham katta mojaroga aylanib ketmasligidan manfaatdormiz", — deya ta’kidladi Joane.

Kiritildi: 23:30 11.05.2024. O'qildi: 1186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!