Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Alvares uchun «Barsa»ga o‘tishning yagona varianti qoldi

Alvares uchun «Barsa»ga o‘tishning yagona varianti qoldi

«Mundo Deportivo» xabar berishicha, Xulian Alvaresning «Atletiko»dan ketib, «Barselona»ga o‘tish uchun yuridik imkoniyati qolgan.

Klublar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvga erishish deyarli imkonsiz. Bunday vaziyatda argentinalik hujumchi professional sportchilarning mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi reglament qoidalaridan foydalanib, Madrid klubi bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin.

16-moddaga ko‘ra, sportchi klubning aybi bo‘lmagan holda shartnomani o‘z tashabbusi bilan bekor qilsa, klub kompensasiya olish huquqiga ega. Agar kompensasiya miqdori tomonlar o‘rtasida oldindan kelishilmagan bo‘lsa, uni mehnat sudi sportga oid holatlar, klubga yetkazilgan zarar, shartnomani bekor qilish sabablari va boshqa omillarni hisobga olgan holda belgilaydi.

Agar Alvares shartnoma bekor qilinganidan keyin bir yil ichida boshqa klub bilan shartnoma imzolasa, yangi jamoa kompensasiyani to‘lash bo‘yicha javobgar bo‘ladi. Shu tariqa, u «Barselona»ga o‘tgan taqdirda, tegishli xarajatlar kataloniyaliklar zimmasiga tushishi mumkin.

Shu bilan birga, «Mundo Deportivo» ta’kidlashicha, gap Alvaresning 490 million yevroni tashkil etuvchi to‘liq tovon puli haqida ketishi ehtimoli past. Kompensasiya miqdorini sud mustaqil ravishda belgilashi kerak.

26 yoshli forvardning «Atletiko» bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Alvares yiliga soliqlardan oldin taxminan 12,5 million yevro ishlaydi — sof daromadi esa qariyb 6,2 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq argentinalik futbolchi kelajagi borasidagi noaniqliklar fonida «Atletiko» bilan uchinchi kun ketma-ket mashg‘ulotlarda ishtirok etmagani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 15:12 29.08.2026. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!