Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan DXX, IIV, Milliy gvardiya hamda “Nukus Vino zavodi” AJ xodimlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasini oldini olish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Nukus shahri hududida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro o‘z avtomashinasida kelib, “shartli xaridor”ga 120 shishada jami 60 litr “Qaratau” yozuvli qo‘lbola usulda tayyorlangan aroqlarni sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi. Tezkor tadbir davomida mazkur fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 240 dona shishada jami 140 litr “Qaratau” yozuvli qo‘lbola usulda tayyorlangan, qalbaki aksiz markalari bilan qadoqlangan alkogol mahsulotlari saqlanib kelinayotgani aniqlandi.

O‘tkazilgan xuddi shunday tezkor tadbir davomida Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro J.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan 75,5 litr sifatsiz alkogol mahsuloti saqlanib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi. Xonadon egasining shaxsiy avtotransportida esa 144 dona shishada 72 litr sifatsiz aroq mahsuloti borligi aniqlandi.

Ushbu tezkor reyd tadbirlarida jami 347,5 litr sifati kafolatlanmagan, qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan va qalbaki aksiz markalari yopishtirilgan aroq mahsulotining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Kiritildi: 10:46 08.07.2024. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!