Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Alkogol lisenziyasining eng qimmati 606 million so‘m bo‘ladi

Alkogol lisenziyasining eng qimmati 606 million so‘m bo‘ladi

Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ulgurji sotish faoliyatini lisenziyalashning yangi tartibi loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan. Unga ko‘ra, alkogol lisenziyasining eng qimmati 606 million so‘m, eng arzoni 10 millon 100 ming so‘m bo‘ladi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 5 fevraldagi prezident farmoniga asosan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish sohasi isloh etildi;

uzumchilik va vinochilikni boshqarish tizimi qayta tashkil etildi;

alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar uchun yangi lisenziya talablari belgilandi va 1 iyulgacha lisenziyalarni qayta rasmiylashtirish majburiyati qo‘yildi;

alkogolli mahsulotlar bilan ulgurji savdo qilishga lisenziya joriy etilmoqda.

Lisenziyalovchi organ Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi. Lisenziyalar oddiy (namunaviy), amal qilish muddati cheklanmagan.

Lisenziya olish uchun zarur hujjatlarni shaxsan kelib, olinganligi to‘g‘risida xabar bergan holda pochta orqali yoki talabgorning ERI bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etish mumkin bo‘ladi. Arizada elektron manzil ko‘rsatilsa, qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnoma unga elektron shaklda yo‘llanadi.

Tegishli hujjatlar paketi olingan kundan boshlab ishlab chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilishga 30 kun, ulgurji savdo bo‘yicha 10 kun muhlat berish taklif etilmoqda. Zarurat tug‘ilganda Inspeksiya joyga chiqqan holda ishlab chiqarish sharoitlarini tekshiradi.

Qabul qilingan qaror haqida talabgor uch ish kuni ichida xabardor qilinadi. Ijobiy qarorga kelinganda u yig‘im to‘lashi va lisenziya bitimini imzolashi kerak bo‘ladi.

Turli narx guruhidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun alohida lisenziyalar rasmiylashtiriladi va har biriga ko‘rsatilgan miqdorlarda yig‘im to‘lanadi. Yig‘im kelib tushgach, talabgor o‘zi imzolagan lisenziya bitimini taqdim etganidan keyin 3 kun muddat ichida lisenziya beriladi.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 21:15 20.03.2019. O'qildi: 2714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!