Ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp Kongressdan ushbu qamoqxona uchun 152 mln dollar ajratishni so‘ragan. Bu haqda Oq uy tomonidan e’lon qilingan 2027 yilgi byudjet loyihasida aytiladi. Hujjat hali qonun chiqaruvchi organ tomonidan tasdiqlanishi kerak.
AQSh prezidenti hozirda turistik maskan bo‘lgan sobiq qattiq tartibli federal qamoqxonani mamlakatdagi eng zamonaviy jazoni ijro etish
muassasasiga aylantirmoqchi.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ta’mirlashning umumiy qiymati 2 milliard dollargacha yetishi mumkin. 2025 yil may oyida Tramp og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilgan shaxslarni saqlash maqsadida "Alkatras"ni qayta ochishga buyruq bergan edi. Prezidentning tushuntirishicha, ushbu muassasa "qonun va tartib ramzi" bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, San-Fransisko qo‘ltig‘idagi orolda joylashgan "Alkatras" qamoqxonasi 1934 yildan 1963 yilgacha faoliyat yuritgan va mamlakatdagi eng dahshatli maskan sifatida nom chiqargan. U yerda, xususan, mashhur gangster Al Kapone ham jazo muddatini o‘tagan. 1972 yilda "Alkatras" muzey sifatida ochilgan edi.