Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Alisher Usmonov Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar etib tayinlandi

A A A
Alisher Usmonov Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar etib tayinlandi

Alisher Abrorovich Usmonov O‘zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining raisi etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» hukumatdagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Alisher Usmonov 1964 yilda tug‘ilgan. U ilgari Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2007 yilda II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlangan.

Avvalroq, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida 2020 yil mart oyidan beri ishlab kelayotgan Bahodir Toshmatov Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Shuningdek, Baxtiyor Islomov Prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Kiritildi: 11:13 05.12.2020. O'qildi: 25365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik