Bugun 18 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Alisher Usmonov «MegaFon»ni sotmoqchi

Alisher Usmonov «MegaFon»ni sotmoqchi

Rossiyaning «Rostelekom» kompaniyasi USM Group kompaniyasidan «MegaFon» aloqa operatorini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

«Kommersant’» nashrining yozishicha, sotib olish bo‘yicha so‘rov 2022 yil oxirida berilgan.

USM kompaniyasiga yaqin manbaning ta’kidlashicha, «MegaFon» bir necha yillardan beri yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda, shuning uchun uni sotib olish bo‘yicha takliflar muntazam kelib tushyapti.

«MegaFon» Rossiyadagi eng yirik telekommunikasiya operatorlaridan biri bo‘lib, 74 milliondan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatadi. Uning 100 foiz ulushi Alisher Usmonov rahbarlik qiladigan USM Group kompaniyasiga tegishli.

Kompaniya 2022 yil may oyidan beri moliyaviy hisobotlarni oshkor qilishni to‘xtatgan.

«Rostelekom» kompaniyasi Tele2 aloqa opeatori aksiyalarining 100 foiziga egalik qiladi va «MegaFon»ni sotib olish orqali Rossiya uyali aloqa segmentida shubhasiz yetakchiga aylanadi.

Kiritildi: 21:31 30.01.2023. O'qildi: 4005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!