Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Alisher Usmonov APL jamoasi - "Everton" klubini sotib olmoqchi

Alisher Usmonov APL jamoasi - "Everton" klubini sotib olmoqchi

O‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmanov Angliya Premyer-ligasining "Everton" klubi ustidan nazoratni qayta tiklash va unga katta miqdorda sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda o‘z manbalariga tayanib jurnalist Alan Breyzil ma’lum qildi.

"Men buni tasdiqlay olmayman, ammo menga Usmanovning "Everton"ga qaytishga harakat qilayotgani haqida ma’lumotlar yetib keldi. Unda juda, juda katta pul bor. Ko‘rinishidan, janob Usmanov agar imkoni bo‘lsa, "Everton"ga katta miqdorda mablag‘ kiritish uchun qaytishga harakat qilmoqda", — deydi Breyzilning so‘zlarini talkSPORT nashri.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Usmanovning boyligi 12,5 milliard yevroga baholanmoqda. "Everton" 2022 yilning martida tadbirkorning kompaniyalari bilan homiylik shartnomalarini to‘xtatgan edi. Avvalroq Usmanov Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilgan edi. Biroq, Buyuk Britaniyaga kirish taqiqi va aktivlarning muzlatilishi hamon o‘z kuchida qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 03:00. O'qildi: 956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!