Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Alisher Sa’dullayev: «Endi Yoshlar ittifoqi barchaga birday qaraydi!» (+video)

Alisher Sa’dullayev: «Endi Yoshlar ittifoqi barchaga birday qaraydi!» (+video)

Endilikda Yoshlar Ittifoqiga a’zolik bekor qilinadi. Ittifoq yoshlarni unga a’zo bo‘lgan va bo‘lmaganlarga ajratmay, barchaga birday qaraydi. Bu haqda YOIning yangi raisi Alisher Sa’dullayev «O‘zbekiston24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Sa’dullayevning aytishicha, bundan keyin Yoshlar Ittifoqining raisi o‘rinbosarligiga va hududlardagi kengashlari boshqaruv lavozimlariga nomzodlar tanlov orqali qabul qilinadi.

Shuningdek, u O‘zbekistonda yaqin 5-10 yil ichida yoshlar orasida kamida 1 millionga yaqin dasturchi yetishtirib chiqarish maqsad qilinganini aytib o‘tgan.

Tashkilot o‘z oldiga belgilab olgan yangi loyihalar va boshqalar haqida ushbu videoda to‘liq tanishishingiz mumkin.

 

Kiritildi: 07:40 10.09.2019. O'qildi: 2173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!