Majburiy ijro byurosining G‘allaorol tumani bo‘limi tomonidan farzandlar ta’minoti uchun aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab, davlat ijrochisi huzuriga kelmasdan yurgan fuqaro S.A.ga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.
Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu shaxs Toshkent shahrida IIB xodimlari bilan hamkorlikda aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u Toshkent shahrida fuqarolardan birining otlarini parvarishlash bilan shug‘ullanib yurgan.
Qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlanib, keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun Byuroning G‘allaorol tumani bo‘limi davlat ijrochisiga topshirilgan.
Aniqlanishicha, S.A.ning aliment bo‘yicha qarzi 60 million so‘mdan ortiqni tashkil etadi.
Hozirda qarzdorga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.