Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Aliment to‘lamagan otalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aliment to‘lamagan otalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Otalar oila tayanchi va ustuni bo‘lish barobarida avvalo farzandlariga o‘rnak bo‘lib, ularni tarbiya qiladigan hamda kelgusida bu hayotda o‘z o‘rnilarini topishga yul ochadigan  kishilardir. Bugun oilaviy ajrimlarning aksariyati oila boshliqlarining ana shu o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni munosib darajada uddalay olmaganliklaridan kelib chiqmoqda desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. 
Oilasini saqlab qolishni uddasidan chiqmagani yetmagandek, ajrashgandan so‘nggi burchini ham bajarmayotgan, sud qaroridan bo‘yin tovlab yurgan otalarning ham qilmishlariga guvoh bo‘lmoqdamiz. 
Husuan, Denov tumanida aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamagan 2 nafar otalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Denov tumanlararo sudining 12.05.2017 yildagi sud buyrug‘iga asosan B.Sattorovdan uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. 
Aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi ham tayinlangan. Bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan mavjud qarzdorlikni bartaraf etishni xayoliga ham keltirmadi va joriy yilning sentyabr oyi holatiga jami 11 million
611 ming so‘m aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi uchun 24.09.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 
Huddi shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 18.06.2013 yildagi sud buyrug‘iga asosan M.Aliyevdan sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
M.Aliyev joriy yilning sentyabr oyiga qadar 24 mln. 343 ming 446 so‘m aliment qarzdorligini to‘lamaganligi uchun unga nisbatan ham  24.09.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 
Agarda ushbu aliment to‘lovchi otalar o‘zlariga tegishli xulosa chiqarmasa, Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanashi mumkin.

Kiritildi: 14:46 09.10.2019. O'qildi: 1797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!