Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Shvesiya va Niderlandiya laboratoriya tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, Alexei Navalny biomaterial namunasida epibatidin moddasi aniqlanganini ma’lum qildi.
Bayonotda qayd etilishicha, ushbu zahar Janubiy Amerikada uchraydigan zaharli qurbaqa — drevolaz terisidan olinadi va “yuqori ehtimol bilan o‘lim sababchisi bo‘lgan”.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaharova bu iddaolarni “diqqatni chalg‘itish uchun axborot vbrosi” deb atadi.
U RBCga bergan izohida, “Shimoliy oqim–1 va Shimoliy oqim–2” bo‘yicha tergov natijalarini taqdim etish o‘rniga mazkur mavzu ko‘tarilayotganini ta’kidladi. Zaxarovaga ko‘ra, tahlil natijalari va moddalar formulasi rasman taqdim etilmaguncha, barcha bayonotlar axborot hujumi sifatida baholanadi.