Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

«Al-Hilol» Vinisius bo‘yicha muzokaralarni inkor etdi, biroq...

«Al-Hilol» Vinisius bo‘yicha muzokaralarni inkor etdi, biroq...

Madridning «Real» klubi yulduzi Vinisius Juniorning Saudiya Arabistoniga transferi haqidagi xabarlar yana kun tartibiga chiqdi. «Al-Hilol» bosh direktori Esteve Kalsada ayni damdagi vaziyat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Kalsadaning ta’kidlashicha, ayni damda braziliyalik vinger bilan hech qanday rasmiy muzokaralar olib borilmayapti. Biroq bu Vinisius Saudiyaning rejalarida yo‘q degani emas.

«Vinisiusning transferi borasida hozircha muzokara o‘tkazmayapmiz. Ammo Saudiya Arabistoni chempionati bosh direktori har doim bir gapni takrorlaydi: agar imkoniyat tug‘ilsa, Vinisiusni Saudiyaga olib kelish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi», — deydi «Al-Hilol» mutasaddisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 25 yoshli futbolchi arab klublarining kelayotgan yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsadi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Vinisius uchun taklif qilinadigan summa futbol tarixidagi rekordlarni yangilab yuborishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 17:38. O'qildi: 149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!