Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Aktrisa Gulnora Qosimova O‘zbekistondan ketishining sababini ma’lum qildi

A A A
Aktrisa Gulnora Qosimova O‘zbekistondan ketishining sababini ma’lum qildi

Aktrisa Gulnora Qosimova jurnalist Nargiza Muradovaga intervyu berdi. Suhbat davomida aktrisa O‘zbekistonni nima sababga ko‘ra tark etgani haqida gapirdi.

“Inson mustahkam oila qurishga harakat qilishi kerak. Men ilk marta AQShda bo‘lganimda ushbu davlat menda yaxshi taassurot qoldirdi. Men boshqa migrantlar singari shu yerda qolib o‘qishga va ishlashga ahd qildim. Taqdirim ekan men shu yerda turmushga chiqdim”, – deydi aktrisa.

Qosimovaning aytishicha, uning turmush o‘rtog‘i asli o‘zbekistonlik. U AQShda avtomobil biznesi bilan shug‘ullanadi. Ular 2013 yildan beri bir oila bo‘lib yashamoqda. Ta’kidlash joiz, so‘nggi vaqtlarda o‘zbek shou-biznesi vakillarining AQShga ko‘chib o‘tish holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Qosimova «Iblis devori», «Mening akam bo‘ydoq», «Arzanda» va «Uqubat» kabi filmlardagi rollari bilan mashhur.

Kiritildi: 05:30 05.11.2020. O'qildi: 13477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!