Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Aktrisa Farangiz Rejametova vafotining tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

A A A
Aktrisa Farangiz Rejametova vafotining tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Kecha, 20 iyul kuni taxminan soat 21:15da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hududida dahshatli YTH sodir bo‘ldi va unda 25 yoshli aktrisa halok bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB Matubot xizmatining xabariga ko‘ra, Abdulla Qodiriy hamda Mahatma Gandi ko‘chalari kesishgan chorrahani kesib o‘tayotgan piyoda, aktrisa Farangiz Rejametovani 23 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Mercedez Benz” avtomashinasi urib yubordi. Haydovchi aktrisaga yordam ko‘rsatish maqsadida uni shifoxonaga yetkazishga harakat qildi. Ammo, iste’dodli aktrisa Farangiz Rejametova yo‘lda vafot etdi.

Voqea guvohlarining ma’lum qilishicha, haydovchi piyodaga yo‘l bermagani ortidan ushbu mudhish voqea sabab bo‘ldi.

Ushbu YTH sabab Mirzo Ulug‘bek tumani IIOFMB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uznews.uz

Kiritildi: 15:06 21.07.2018. O'qildi: 6690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!