Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Aksirishni ushlab turish xavflimi?

Aksirishni ushlab turish xavflimi?

Aksirishni ushlab turish inson organizmi uchun zararli. Ushbu jarayonni tez-tez e’tiborsiz qoldirish quloq-tomoq yo‘liga xavf tug‘dirishi mumkin.

Ko‘pincha o‘zlarini aksirish istagidan qaytaruvchi odamlarda quloq, quloq pardasi, shuningdek, ko‘z tizimi bilan bog‘liq muammolari mavjud bo‘ladi.

“Neuro Surgery” klinikasi terapevti Germanning so‘zlariga ko‘ra, aksirishni doimiy ravishda ushlab turish, sinusit, migren va hatto qon-tomir va aortaning yorilishi kabi kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan ko‘plab holatlar qayd etilgan. Bunday achinarli oqibatlar, aksirishni tiymoqchi bo‘lganida, inson a’zolariga ta’sir etuvchi kuch tufayli yuzaga keladi. Ba’zan bu kuch bug‘ qozonining portlashiga teng bo‘ladi.

Kiritildi: 23:01 12.01.2021. O'qildi: 4750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!