Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi 25 yoshli (ayol) M.N. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjerida noma’lum shaxs tomonidan M.N.ning uyatli foto va videotasvirlari borligini aytib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 4.000.000 so‘m talab qilganligini ma’lum qilgan.
O‘rganish davomida, tovlamachilik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxslar, Toshkent shahar, Yashnobod tumanida yashovchi aka-ukalar, 25 yoshli T.J. va uning ukasi 23 yoshli U.J.lar M.N.ning suratini fotoshop dasturi yordamida uyatsiz shaklga keltirib o‘zgartirishganligi ma’lum bo‘ldi.
Jinoyat sodir etgan, aka-uka T.J. va U.J.lar O‘zR. JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda..
Qonunga muvofiq, T.J. va U.J.lar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.