Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ajabtovur faktlar...

A A A
Ajabtovur faktlar...

1. Odam umri davomida o‘rtacha 35 tonna suv ichadi.

2. Sigir suti tarkibida mavjud oqsillar organizmdagi o‘ta kuchli zaharni ham zararsizlantira olish xususiyatiga ega. Shu sababli sog‘liq uchun zararli joylarda ishlovchilarga har kuni tekinga sut tarqatiladi.

3. Hali tibbiyot mavjud bo‘lmagan, qon tomirlar, qon aylanishi haqida hech kim hech qanday tushunchaga ega bo‘lmagan paytlarda odamlar qon chap qo‘ldagi jimjiloqdan yurakka qadar bitta tomir bo‘ylab chopib boradi deb hisoblashgan. Nikoh uzugini chap qo‘l jimjilog‘iga taqish urfi ham xuddi shundan kelib chiqqan.

4. Bundan bir necha o‘n yillar ilgari ruletka o‘yinining ashaddiy ishqibozlaridan biri bo‘lmish amerikalik erkak bisotida borini, kiyimlaridan tortib yeydigan ovqatigacha sotdi va 136 ming dollar pul yig‘di. Uning orzusi bir marta bo‘lsin Las-Vegasga borib ruletka o‘ynash edi. Tavakkal hamma pulini kissaga urib Las-Vegasga jo‘nadi. Ishonasizmi, birinchi o‘yindayoq yig‘gan pulini o‘ziga qaytarishdan tashqari, yana shuncha pul ham orttirib uyga qaytdi.

5. Lobster (qisqichbaqasimonlar) larning miyasi tomog‘ida, asab tizimi qornida, tishlari oshqozonida, buyragi boshida joylashgan. Bundan tashqari, lobsterlar tovushni oyoqlari orqali eshitadi, yemish ta’mini panjalari yordamida aniqlaydi. Ular ham odamlar kabi chapaqay va o‘naqayga bo‘lingan.

6. «Mersedes» avtomobili 40 ming dollar turadi. Vazni 2 tonnaga teng. Demak, uning har bir kilogrammi 20 dollardanga to‘g‘ri keladi. Sport velosipedining bahosi 1500 dollarga teng. Vazni 7 kilogramm. Demak, har bir kilosi 200 dollardanga to‘g‘ri keladi. Xulosa qanday? Albatta, velosiped «Mersedes»dan 10 barobar qimmat turarkan.

7. Bitta qurbaqa uch oylik yoz mavsumi davomida jami 10 ming donadan ziyod qumursqa yeydi.

8. Hindiston, Tayland va Xitoyda odamlar har yili bir millionga yaqin mushukni yeb bitiradi.

9. Xandon pistaning organizm uchun foydasini hamma biladi. Ammo bu mahsulotni me’yoridan ko‘p yeyish tavsiya etilmaydi. Har bir odam kuniga 15 donagina pista yeyishi mumkin. Shunda pista oshqozon bilan bog‘liq xastaliklar, nafas yo‘llari, kamqonlik, gepatitni davolashda asqotadi. Homilador ayollar ham boshqorong‘ilik davrida pista iste’mol qilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.

10. Banan tarkibi «V6» vitaminlariga boy. Bu vitamin esa a’lo kayfiyatni ta’minlashda tengsizdir. Banan lotinchada «musa sapientum» deb nomlangan. Tarjima qilinganda, «aqlli odamning mevasi» ma’nosini beradi.

interesnie-fakti. com

Kiritildi: 16:38 01.06.2018. O'qildi: 2953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik