Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ajabo: nechta farzandingiz bo‘lishini genlar hal qiladi

A A A
Ajabo: nechta farzandingiz bo‘lishini genlar hal qiladi

Inson o‘z hayotiga o‘zim xo‘jayinman va farzandli bo‘lamanmi yoki yo‘q, necha yoshda farzandli bo‘laman, bularning hammasini o‘zim hal qilaman, deb o‘ylaydi. Biroq unday emas ekan.

Olimlar bunga genlar sababchi, deyishmoqda.

Oksford universiteti olimlari 238 ming er-xotinning DNK tuzilishini, birinchi marta necha yoshda ilk bor farzand ko‘rganlarini o‘rganib chiqishdi. 238 ming juftlikdan 330 ming bola tug‘ilgan ekan. Genlarning tahlili g‘aroyib xulosalarni berdi. Ularning DNKlarida qachon va nechta bola dunyoga keltirishi haqida xabar saqlanar va  buning uchun 24 ta gen mas’ul ekan. 

Biroq genlar bizning harakatlarimizni boshqarmaydi-ku?! Bola tug‘ilishidek muhim voqea bizning istaklarimizdan, ijtimoiy, ekologik faktorlardan kelib chiqadi. Unda bunday tadqiqot o‘tkazishdan nima ma’no bor?

Olimlar, har bir inson o‘zining bola tug‘iladigan yoshini bilishi kerak, ana shunda onalik yoki otalikni orqaga surib, ulgurmay qolishmaydi yoki kutib boshini qotirib yurishmaydi, deb hisoblashmoqda.

 

 

Kiritildi: 12:40 05.01.2020. O'qildi: 4514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik