Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ajabo! Meksikada O‘liklar kuni nishonlandi

Ajabo! Meksikada O‘liklar kuni nishonlandi

Meksikada ajoyib bayramlardan biri - O‘liklar kuni (El Día de Muertos) festivalidir. Festival Lotin Amerikasi mamlakatlari va AQShning ispanzabon janubiy shtatlarida o‘tkaziladigan bu festival ikki kun – 1–2 noyabr kunlari nishonlaniladi. Festival tarixi 2500–3000 yilga borib taqaladi deb hisoblanadi.

2003 yilda YUNESKO ushbu bayram-festivalni «Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxati»ga kiritgan.

Festival bo‘lib o‘tadigan kunlarda Lotin Amerikasi mamlakatlari va AQShda odamlar inson skeleti tasviri tushirilgan kiyimlarni kiyib, bosh suyagi tasviri tushirilgan niqoblarni taqib yoki yuzlarini bosh suyak tasviriga o‘xshatib bo‘yab olib, katta-katta karnavallarni o‘tkazadi.

Ispaniya mustamlakachilari vahshiy tuyulgan an’anani yo‘q qilishga harakat qilishdi, ammo bunga erisholmadi.

Mahalliy aholi doim bayramga oldindan, bir necha oy davomida tayyorgarlik ko‘rishadi. Musiqachilar har kuni mashq qiladi, niqoblar yasashadi, shahar ma’murlari yangi kesilgan gullarga buyurtma berishadi.

Meksika ko‘chalari turli hayvonlar kiyimini kiygan yo‘lovchilar bilan to‘ladi. Bayramning muhim belgisi marhumning narsalari, ularning fotosuratlari va sevimli taomlari bilan bezatilgan qurbongohdir. Qurbongohlarni nafaqat uylarda, balki ofislarda va hatto ko‘chalarda ham ko‘rish mumkin.

Keng ko‘lamli tantanalar mamlakat poytaxti - Mexikoda katta mash’ala yoqish bilan yakunlanadi. Ha, yana bu kunda siz tun bo‘yi qo‘shiq aytishingiz, dam olishingiz, ovqatlanishingiz va suhbatlashishingiz kerak.

Har yili Meksika va Lotin Amerikasining yana bir qator mamlakatlariga festivalni tomosha qilish, unda ishtirok etish maqsadida dunyoning turli burchaklaridan millionlab sayyohlar keladi. O‘liklar kuni allaqachon mashhur madaniy fenomenga va turistik brendga aylangan bo‘lib, Lotin Amerikasi mamlakatlariga millionlab dollar pul keltiradi.

Kiritildi: 12:45 03.11.2019. O'qildi: 2897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!