Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ajabo! Fransiyada marhum bilan turmush qurish mumkin ekan

Ajabo! Fransiyada marhum bilan turmush qurish mumkin ekan

Fransiya qonunlariga ko‘ra, marhum bilan nikoh rasman ro‘yxatga olinishi mumkin. Bunda marhumning nikohga roziligini bildiruvchi vasiyatnoma yoki boshqa hujjat talab qilinadi.  Nikoh marhumning tiriklik paytidagi sana bilan ro‘yxatga olinadi va u marhumning merosiga egalik qilish huquqini bermaydi.  

1950 yilda Fransiyaning  Frejyus shahrida yuz bergan to‘g‘on o‘pirilishi natijasida 400 kishi nobud bo‘ladi. Qurbonlardan  biri Andre Kapra ismli yigitning sevgilisi Iren Jodart marhum bilan nikohdan o‘tishga ruxsat berishni so‘rab Sharl de Gollga murojaat qiladi. Masala keng jamoatchilikning qizg‘in munozarasiga sabab bo‘lgach, mamlakat rahbari bu nikohga rozilik beradi. Shundan so‘ng Fuqarolik kodeksiga yuqoridagi modda kiritilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga ko‘ra, nikoh tuzish nikohlanuvchilarning FHDYo organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

Kiritildi: 12:34 18.09.2020. O'qildi: 2048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!