Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ajabo! Fransiyada it sudda ishlash uchun ishga olindi

Ajabo! Fransiyada it sudda ishlash uchun ishga olindi

Sudlarda turli holatlarni ko‘rish mumkin, ammo itni emas. Bunday noyob imkoniyat bilan Fransiya janubi-g‘arbidagi Lo departamenti xodimlarigina maqtanishi mumkin.

Lol laqabli 5 yoshli labrador bosh prokuror Frederik Almendrosning do‘sti. U bir necha yildan beri qora mantiya kiyib ishga keladi. 2 yil oldin u Yevropada birinchi bo‘lib qurbonlarni qo‘llab-quvvatlovchi itga aylandi.

Lol notanish odamlarga, jumladan bolalarga sokin qarashga o‘rgangan. U sud zali yoki yo‘laklarda janjal boshlanganda ham tinch turaveradi.

Lol shu paytgacha 80 ta jinoiy ishni ko‘rib chiqishda qatnashgan.

Lolning muvaffaqiyatli tajribasidan so‘ng Fransiyaning boshqa shaharlaridagi sudlarga ham itlar ishga olindi.

Kiritildi: 19:25 22.06.2021. O'qildi: 1570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!