Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Aholida pul bormi? Aholida pul bor, qo‘rqmanglar!

Aholida pul bormi? Aholida pul bor, qo‘rqmanglar!

"Aholida pul bormi? Aholida pul bor, qo‘rqmanglar!" Aynan shu so‘zlarni ishonch bilan aytayotgan Dilobar Mirrahimova O‘zLiDeP Chilonzor tuman kengashi rasi o‘rinbosari. 33 yildan buyon tibbiyot sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan Dilobar Mirrahimova yurtimizda tibbiy xizmatning  pullik amalga oshirilishini taklif qildi.

"Munosabat" ko‘rsatuvining mamlakatimizdagi yetakchi siyosiy partiyalarning faoliyatiga bag‘ishlangan sonida ishtirok etgan tibbiyot sohasi vakillari tibbiyot xodimlarining jamiyatning eng past qatlamiga aylanib qolganidan shikoyat qildi. Vaholanki, o‘z ishining ustalari har qachon, har qaysi jamiyatda hurmat qilinadi, kerak bo‘lsa boshga ko‘tariladi.

Ko‘rsatuv davomida zaldagi ishtirokchilarning "Aholida pul bormi?" deb bergan savoliga O‘zLiDeP Chilonzor tuman kengashi rasi o‘rinbosari "Aholida pul bor. Qo‘rqmang!" deb javob bergan. Aholining puli borligini isbotlash maqsadida fuqarolarning elektr uchun, gaz va suv uchun pul to‘layotganini dalil sifatida keltirgan. Shuncha narsaga pul to‘lagan odam nega endi salomatligi uchun pul to‘lamasligi kerak deb savol qo‘yadi tibbiyot xodimasi. 

Kiritildi: 15:39 16.08.2019. O'qildi: 5420 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!