Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Aholi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlarining narxi oshirilmaydi

Aholi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlarining narxi oshirilmaydi

Toshkent shahar hokimligi «Veolia Energy Tashkent» MCHJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni tasdiqladi.

Unga ko‘ra, «Veolia Energy Tashkent» MCHJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (bazaviy tarif) 397 ming 212 so‘m/Gkal mikdorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun chakana tariflar kuyidagilar uchun avvalgi narxlarda koladi:

aholi uchun – 91 ming 960 so‘m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda);

kichik, o‘rta va yirik biznes uchun – 141 ming 737 so‘m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda).

Byudjet tashkilotlari uchun esa chakana tarif – 502 067 so‘m/Gkalni tashkil kiladi.

Narxlar e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tib, ya’ni 2022 yil 21 oktyabrda kuchga kiradi.

Bazaviy va chakana tariflar o‘rtasidagi farq Toshkent shahrining mahalliy byudjeti hisobidan subsidiyalanadi.

Kiritildi: 12:37 05.10.2022. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!