Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Aholi norozi: nega yana "svet" o‘chmoqda?

Aholi norozi: nega yana "svet" o‘chmoqda?

Yaqinda tahririyatimizga Andijon viloyatidan shikoyat xati kelib tushdi. Quyida ana shu shikoyatnomani e’tiboringizga havola qilamiz.

"Salom, charchamay ishlayapsizlarmi? Men Andijon shahridanman. Mana bugun 3-kun. Ob-havo sovuq bo‘lishi bilan svetni o‘chirishni boshlashdi. Ertalabdan beri 4 marta o‘chib-yondi. Oxirgi marta hozir 23:00 da o‘chirishdi. Axir bu yil svet o‘chmaydi deyishgandi-ku! Shuni muhokama qilsangiz, yaxshi bo‘lardi, iltimos sizlardan!"

Biz hech bir murojaatchining e’tirozini e’tiborsiz qoldira olmaymiz. Ayni damda nafaqat Andijon, balki boshqa viloyatlarda ham elektr ta’minoti borasida uzilishlar yuzaga kelayotgani haqida eshityapmiz. Vaholanki, yuqoridagi murojaatchi aytganidek, O‘zbekiston Respublikasi hududida aholi uzluksiz elektr toki bilan ta’minlanishi haqida mutasaddilarimiz aytib o‘tishgan.

Istagimiz, yuqoridagi kabi ko‘nglida norozilik bo‘lgan murojaatchilarimizning e’tirozlariga mutasaddi tashkilotlar bee’tibor bo‘lishmasin. Agar elektr ta’minoti uzilishining jiddiy sababi bo‘lsa, bu haqda ogohlantirilishi, keng ommaga e’lon qilinishi maqsadga muvofiq. Toki hech kim norizo bo‘lmasin.

Kiritildi: 09:27 08.11.2019. O'qildi: 4115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!