Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Aholi nega shifoxonaga borishdan qo‘rqyapti?

Aholi nega shifoxonaga borishdan qo‘rqyapti?

Avvallari Iroqning Basra shahrini Yaqin Sharqning Venesiyasi deb atashar edi, ammo hozir shaharda ekologik falokat hukmron.

Bu yerdagi kanallar chiqindilarga to‘lib ketgan, Shatt al-Arab daryosi shunchalik ifloslanganki, basraliklar zaharli suv iste’mol qilish oqbatida kasalliklarga chalinmoqda.

So‘nggi oylarda 118 ming kishi ifloslangan suv iste’mol qilish oqibatida kelib chiqqan kasalliklar tufayli kasalxonalarga yotqizilgan, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

Shatt al-Arab daryosi bakteriyalar, kimyoviy moddalar va toksik suv o‘tlari bilan to‘lib ketgan, uning suvidagi sho‘rlik darajasi dengiz suviga yaqinlashib qolgan.

Basrada suv shunchalik ifloski, u bilan hatto yuzni ham yuvib bo‘lmaydi. Baliqlar, toshbaqalar o‘lyapti. Ekotizim o‘zgaryapti, bu falokat , deydi ekolog Shukri Hasan.

Mahalliy shifokor Ali Qosimning aytishicha, odamlar shifoxonaga borishni istamaydi, chunki o‘zlarida saraton kasalligi aniqlanishdan qo‘rqadi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:27 09.02.2019. O'qildi: 1881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!