Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Agar Ukraina yonsa, sizlarning Moskvanglar ham yonadi" — Zelenskiy

Agar Ukraina yonsa, sizlarning Moskvanglar ham yonadi" — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya poytaxtining o‘qqa tutilishini Kiyev-Pechersk lavrasiga berilgan zarbaga javob deb atadi.

U bu haqda Bryusselda jurnalistlarning savollariga javob berarkan gapirib o‘tdi.

​"Moskvaga bergan mutlaqo adolatli javobimizga kelsak. Ko‘rib turibsiz, Moskvada havo hujumidan mudofaaning uchta halqasi borligiga qaramay, biz ularga yetib borishimizni aytgandik. Agar Putin bu urushni tugatishni istamasa, uni davom ettirmoqchi bo‘lsa, biz jimgina o‘tirmaymiz, javob qaytaramiz. Javob kuchli va adolatli bo‘lishi kerak. Ular Lavraga zarba berishdi. Jurnalistlar bilan uchrashuvimiz paytida biz Lavrada edik, men o‘shanda ochiqchasiga aytgandim. Biz javob tayyorlaymiz va siz buni ko‘rasiz. O‘ylaymanki, hozir buni ko‘rib turibsiz", — dedi Zelenskiy.

​Ukraina prezidenti Kiyev bu urushni xohlamaganini va "Ukraina dushman tufayli yonishini aslo istamasligini" ta’kidladi.

​"Ammo, agar Ukraina yonsa, sizlarning Moskvanglar ham yonadi. Shuning uchun biz tajovuzga chek qo‘yish, ushbu urushni tugatish vaqti kelganini yana bir bor ta’kidlaymiz", — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 15:45 18.06.2026. O'qildi: 2552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik