Agar Rossiya NATO mamlakatlariga hujum qilsa, alyans Kaliningrad va Belarus hududidagi ob’ektlarga ham zarba beradi, dedi NATO'ning Yevropadagi kuchlari bosh qo‘mondoni
General Aleksus Grinkevich bunday rejani Varshava xavfsizlik forumida. taqdim etdi.
"Dastlab ruslarni dronlar va yer usti robotlari to‘xtatadi. Bir vaqtning o‘zida raketalar Kaliningrad viloyatidagi, Sankt-Peterburg yaqinidagi va Belarusdagi qo‘mondonlik punktlari hamda havo hujumidan mudofaa tizimlariga zarba beradi. Shundan so‘ng NATO qarshi hujumga o‘tadi, aviasiyamiz esa dushmanning front ortiga zarba berishni boshlaydi", — dedi general.
Grinkevichning so‘zlariga ko‘ra, NATO o‘ziga qarshi hujumga jalb qilinganlarning “barchasini istisnosiz” yo‘q qiladi.
"Men bunday mojaroni muqarrar deb hisoblamayman. Ammo alyansimizning milliard nafar fuqarosini ishontirib aytmoqchimanki: biz dushmanni yengishni uddasidan chiqamiz", — deya ta’kidladi Grinkevich.